1915-Usmonli imperatorligining eng uzun yili

Simpoziumning mavzusi “1915-Usmonli imperatorligining eng uzun yili” deb belgilanar ekan manzil Externado universiteti deb tanlandi.

207950
1915-Usmonli imperatorligining eng uzun yili

Joriy yilning 10-12-fevral kunlari Turk tarixi uchun muhim simpozium bo’lib o’tmoqchi. Ushbu simpozium Turkiyaning Anqara universiteti bilan Kolumbiyaning Externado universitetlarining o’zaro hamkorligi ichida uyushtirilar ekan manzil Externado universiteti deb tanlandi.

Simpoziumning mavzusi “1915-Usmonli imperatorligining eng uzun yili” deb belgilanar ekan simpoziumda dunyoning 12 davlatidan (Meksika, Kolumbiya, Kuba, Venesuela, İspaniya, Bolgariya, Kanada, Turkiya, Peru, Kosta-Rika va Chili) 22 nafar maruzachi ishtirok etadi.

Ochilish marosimini Anqara va Externado universitetlarining rektorlari Prof. Dr. Erkan İbish bilan Juan Carlos Henao boshlab berar ekan simpozium, Birinchi jaxon urushining Usmonli imperatorligiga bo’lgan belgilovchi ta’sirini taqidlash maqsadida uyushtirilmoqda.

Maqsad, Lotin Amerikali jamoatga, 1915-yil, Usmonli imperatorligi uchun na qadar qiyin bir yil bo’lganligi haqida ma’lumot berish.

Simpoziumning ochilish va yopilish marosimi, Madaniyat va turizm vazirligi san’atchilaridan tashkil topgan “İki kelime” nomidagi musiqa guruhining konserti bilan bezaladi.

Simpozium haqida batafsil ma’lumot olish uchun ushbu web sahifasini ziyorat qilishingiz mumkin:
imperiootomano1915.blogspot.com
Ayni web sahifasi orqali simpoziumda ishtirok etuvchi maruzachilarning ro’yhati bilan ham tanishish imkoniga egasiz.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar