Chavushog’lu:"Suriya notinch ekan, İroqda tinchlik o'rnatilmaydi"

İroqning xavfsizlik va barqarorligini ta’minlash Suriyadan mustaqil amalga oshirilmasligiga e’tibor qaratgan Chavushog’lu, “Suriyadagi qonli rejim hukumat tepasida ekan, İroq va mintaqada barqarorlik ta’minlab bo’lmaydi”-dedi.

127563
Chavushog’lu:"Suriya notinch ekan, İroqda tinchlik o'rnatilmaydi"

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog’lu Parijda o’tkazilgan “İroqda tinchlik va xavfsizlik” mavzuiga bag’ishlangan konferensiyaga qatnashdi.
Chavushog’lu twitter hisobidan qilgan izohida, “Mintaqadagi xavfsizlik muammolari faqatgina bu muammolarni keltirib chiqargan asosiy sabablarning bartaraf etilishi bilangina hal bo’lishi mumkin”-dedi.
Qolaversa, İroq hukumatining butun İroq xalqini o’z ichiga oladigan siyosat yuritishi mamlakat va mintaqa xavfsizligi uchun muhim ekanini bildirdi.
İroqda yangi hukumat tuzilganidan baxtiyor ekanini tilga olgan Chavushog’lu, İchki ishlar va Mudofaa vazirlarining darhol tayinlanishi zarurligini ilgari surdi.
İroqning xavfsizlik va barqarorligini ta’minlash Suriyadan mustaqil amalga oshirilmasligiga e’tibor qaratgan Chavushog’lu, “Suriyadagi qonli rejim hukumat tepasida ekan, İroq va mintaqada barqarorlik ta’minlab bo’lmaydi”-dedi.

 


Tanlangan kalimalar:

Aloqador xabarlar