Turkiyada O‘zbekiston turizm salohiyati taqdim etildi

Anqarada "O‘zbekiston -Turkiya iqtisodiy, investisiyaviy va turizm sohalaridagi hamkorlikning holati va istiqbollari" mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi.

2151626
Turkiyada O‘zbekiston turizm salohiyati taqdim etildi

 

O‘zbekiston – Turkiya davlatlari o‘rtasidagi oliy darajadagi strategik kengash yig‘ilishi doirasida "O‘zbekiston -Turkiya iqtisodiy, investisiyaviy va turizm sohalaridagi hamkorlikning holati va istiqbollari" mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tdi.

Anjuman ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Djamshid Abdusalomov so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik ikki qardosh davlatning iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi, turizm sohasida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, jumladan, ta’lim, IT, investisiya va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekistonga turk sayyohlarini keng jalb etish va buning uchun Respublikada barcha sharoitlar yaratilganligini ta’kidladilar.

Shu bilan birga, mazkur anjuman ishtirokchilariga mamlakatimizda turizm sohasida yaratilgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan yutuqlar hamda mamlakatimizning turizm salohiyati to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berildi.

O‘zbekiston va Turkiya davlatlarining turizm industriyasini rivojlantirish, turistlar oqimi va mahalliy aholi daromadlarini oshirish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikka qaratilgan qator loyihalar ortidan turizm sohasining turli yo‘nalishlarida amaliy natijalarga erishish mumkinligiga ishonch bildirildi.

Anjuman yakunida mamlakatimiz turizm salohiyatiga oid taqdimot va videorolik namoyishi bo‘lib o‘tdi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar