O‘zbekiston va Turkiya energetika bozorini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik qiladi

O'zbekiston Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori Sherzod Xo‘jayev boshchiligidagi delegasiya Turkiyaga tashrif buyurib, mamlakatning Energetika bozori regulyatori-prezidenti Mustafa Yilmaz bilan uchrashdi.

2151618
O‘zbekiston va Turkiya energetika bozorini rivojlantirish bo'yicha hamkorlik qiladi

 

O‘zbekiston va Turkiya ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Keyingi yillarda energetika sohasida o‘zaro aloqalar yangi bosqichga chiqib, tomonlar birgalikda qator loyihalarni tatbiq etmoqda.

Joriy yilning mart oyida tomonlar energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish borasida ham hamkorlikni o‘rnatgani ushbu tizim ravnaqida muhim qadam bo‘ldi.

Shu munosabat bilan Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori Sherzod Xo‘jayev boshchiligidagi delegasiya Turkiya davlatiga qilgan amaliy xizmat safari chog‘ida ushbu mamlakatning Energetika bozori regulyatori-prezidenti Mustafa Yilmaz bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi hamda Turkiya Respublikasining energiya bozorini tartibga solish organi o‘rtasida “Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida”gi kelishuv imzolandi.

Kelishuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Agentlik va EPDK o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Turkiyaning energiya bozorini rivojlantirish sohasidagi tajribasini o‘rganish, shu yo‘nalishda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mustahkamlashdir.

Mazkur kelishuv ikki mamlakatning energetika bozorini tartibga solish organlari o‘rtasida energetika bozorini yaratishda muhim qadam hisoblanadi. Shuningdek, mamlakatimizning energetika bozori ishtirokchilari faoliyatini lisenziyalash, tariflarni tartibga solish va uslubiyotni rivojlantirishda EPDK tajribasini o‘rganish, ekspertlar va mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, EPDKda qo‘llaniladigan innovasion yechimlarni o‘rganish kabi masalalar ham kelishuvda o‘z aksini topgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar