O‘zbekistonda Kappadokiyadagi kabi havo sharlari uchiriladi

O‘zbekistonda Turkiya Kappadokiyasi misolida havo sharlari hududini yaratish reja qilinmoqda.

2151081
O‘zbekistonda Kappadokiyadagi kabi havo sharlari uchiriladi

 

O‘zbekistonda Turkiya Kappadokiyasi misolida havo sharlari hududini yaratish reja qilinmoqda. Prezident Mo‘ynoq aeroportida parashyutdan sakrash tizimini yo‘lga qo‘yish mumkinligini aytdi.

Ekologiya, transport va mudofaa vazirlariga ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilish topshirildi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ekstremal turizmni rivojlantirish dasturini qabul qilish vazifasini qo'ydi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Parkent tumanida tadbirkor 2023-yilda 2 ta havo shari hamda 10 ta deltaplan va paraplanlar bilan 100 ming sayyohni jalb qilgan. Yana 10 nafar tadbirkor Bo‘stonliq, Parkent va Aydarko‘lda ekstremal turizmni rivojlantirish istagida.

“Mo‘ynoq aeroportida ham parashyutdan sakrash va havo dayvingi ekstremal turizmni rivojlantirish mumkin. Buning uchun Turkiyaning Kappadokiyasiga o‘xshash alohida havo hudududi bo‘lishi kerak. Kappadokiyada 2023-yilda havo sharlari 600 ming sayyohga xizmat ko‘rsatilib, 100 million dollar daromad olingan”, — dedi davlat rahbari.


Tanlangan kalimalar: #Kapadokiya , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar