Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘dan chiqa boshladi

Hajiyev, Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida joylashgan Rossiya tinchlikparvar kuchlarining mintaqadan chiqa boshlagani haqida Ozarbayjon Milliy axborot agentligiga (AZERTAC) bayonot berdi.

2129034
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘dan chiqa boshladi

Ozarbayjon Prezidenti maslahatchisi Hikmet Hajiyevning qayd etishicha, Rossiya bilan Ozarbayjon liderlari Qorabog‘da joylashgan Rossiya tinchlikparvar kuchlarining mintaqadan vakolat muddati tugashidan oldin chiqishi haqida qaror qabul qilgan.

Hajiyev, Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida joylashgan Rossiya tinchlikparvar kuchlarining mintaqadan chiqa boshlagani haqida Ozarbayjon Milliy axborot agentligiga (AZERTAC) bayonot berdi.

Hojiyev o‘z bayonotida:

“Rossiya bilan Ozarbayjon liderlari Qorabog‘da joylashgan Rossiya tinchlikparvar kuchlarining mintaqadan vakolat muddati tugashidan oldin chiqishi haqida qaror qabul qildi. Jarayon boshladi. Ozarbayjon bilan Rossiya Mudofaa vazirlari, bu qarorning yo‘lga qo‘yilishi uchun zarur choralarni ko‘rmoqda”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

2020 - yilning 27 - sentabrida boshlangan va 44 kun davom etgan Ikkinchi Qorabogʻ urushi 2020 - yilning 10 - noyabrida Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya liderlarining kelishuvi  asosida yakun topgandi.

Unga koʻra Qorabogʻdagi arman aholisi yashaydigan turar - joy punktlari bilan “Lochin yoʻlagi” degan nom bilan qayd etilgan Xonkendi - Lochin yoʻli xavfsizligini taʼminlash uchun mintaqaga 1960 nafar askardan iborat “Rossiya tinchlikparvar kuchlari” yuborilgan edi.

Roppa – rosa 5 yilligiga joylashtirilgan “Rossiya tinchlikparvar kuchlari”ning vakolat muddati 2025 - yilning 10 - noyabrida tugashi kutilayotgan edi.

 



Aloqador xabarlar