Qozog‘istonda favqulodda holat e’lon qilindi

Qozog‘istonda erigan qor suvlarining qishloqlarga toshib ketishi natijasida 2 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

2121877
Qozog‘istonda favqulodda holat e’lon qilindi

 

Qozog‘istonda erigan qor suvlarining qishloqlarga toshib ketishi natijasida 2 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

Ayrim viloyatlarda “mintaqaviy miqyosda” favqulodda holat e’lon qilindi. Ayrim qishloqlar butunlay suv ostida qolgani ta’kidlanmoqda.

Mamlakatning janubiy, g‘arbiy va sharqiy qismlarida avtomobil yo‘llari va ko‘priklar suv ostida qolganligi sababli qishloq hududlaridan chiqish qiyinlashdi.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Turkiston, Aqto‘be, Qo‘stanay va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlaridagi suv bosgan qishloqlardan 2 ming 54 kishi, jumladan, 613 nafar bola evakuatsiya qilingani ma’lum qilindi.

Mamlakat hududiga 1,7 million kub metrdan ortiq erigan qor suvi oqib kelgani aniqlandi.

Suv toshqinidan eng ko‘p jabr ko‘rgan G‘arbiy Qozog‘iston, Abay, Aqto‘be va Qo‘stanay viloyatlaridagi ayrim aholi punktlarida mintaqaviy miqyosda favqulodda holat e’lon qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston

Aloqador xabarlar