Binali Yildirim Ilhom Aliyevga minnatdorchilik bildirdi

Binali Yildirim Bokuda Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

2115327
Binali Yildirim Ilhom Aliyevga minnatdorchilik bildirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy Davlatlar Tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim bilan uchrashdi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, «Nizomiy Ganjaviy» nomidagi xalqaro markaz tomonidan uyushtiriladigan «XI Global Boku forumi»da ishtirok uchun Bokuga borgan Yildirim, Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Yildirim mazkur qabul chog‘ida, «Nizomiy Ganjaviy» nomidagi xalqaro markazning dunyo miqyosidagi o‘rni mustahkam tus olgani va uning muhim xalqaro mavzular muzokara qilinuvchi platformaga aylanganini bildirdi.  

Forumning muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonchi komil ekanini ta’kidlagan Yildirim, Turkiy Davlatlar Tashkiloti Oqsoqollar kengashini qo‘llab – quvvatlagani uchun Ilhom Aliyevga minnatdorchilik bildirdi.

Aliyev esa takror prezident bo‘lib saylanishi ortidan an’anaga ko‘ra ilk rasmiy tashrifini Turkiyaga amalga oshirganini yodga solib, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan bo‘lgan uchrashuvi haqida gapirdi.

Qabul chog‘ida Turkiya - Ozarbayjon munosabatlari ustidan fikr almashildi.

 



Aloqador xabarlar