Ozarbayjon Armaniston TIV bayonotiga munosabat bildirdi

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyanning bayonoti xalqaro hamjamiyatni chalgʻitishga qaratilgan bo’lib, u haqiqatni aks ettirmaydi.

2112862
Ozarbayjon Armaniston TIV bayonotiga munosabat bildirdi

 

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ayhan Xojizoda Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyanning bayonotiga munosabat bildirdi.

Uning fikricha, Ararat Mirzoyanning bayonoti xalqaro hamjamiyatni chalgʻitishga qaratilgan bo’lib, u haqiqatni aks ettirmaydi.

Ararat Mirzoyan 1-3 mart kunlari boʻlib oʻtgan Antaliya Diplomatik Forumida Anadolu axborot agentligiga intervyu bergandi.

Xojizoda, Mirzoyanning suverenitet va hududiy yaxlitlikning o‘zaro tan olinishini, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi chegarani belgilash bo‘yicha 1991-yilda imzolangan Olmaota deklaratsiyasini, mintaqadagi transport yo‘nalishlari qaysi davlatning suvereniteti va yurisdiktsiyasida bo‘lishi kerakligini ta’kidlaganini eslatdi.

"Tashqi ishlar vaziri Armanistonning 30 yildan ortiq vaqt davomida barcha bu tamoyillarni buzganligini odamlarga unuttirishga urinayotgani achinarli holat”,-deydi Ayhan Xojizoda.

Armaniston hukumati 2-Qorabogʻ urushidan keyin Qorabogʻdagi ishgʻolchi rejimni qoʻllab-quvvatlaganini, ularga qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar berganini, qurolli kuchlarini Ozarbayjon hududidan olib chiqmaganligini eslatgan Xojizoda quyidagilarni qo’shimcha qildi.

"Armanistonning mamlakatimiz hududiy yaxlitligi va suverenitetiga qarshi davom etayotgan da’volari tashqi ishlar vaziri tomonidan bildirilgan fikrlarga teskari proportsionaldir. Armaniston o‘zlari doimo tilga olgan Olmaota deklaratsiyasiga qo‘shilish chog‘ida qo‘ygan e’tirozlarini va Qorabog‘ning Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olinishiga qarshi amaldagi huquqiy me’yorlar mavjudligini hamma biladi..

Armanistonning oxirgi 3 yil davomida erishilgan kelishuv va majburiyatlarga zid ravishda turli bahonalar bilan transport liniyalarining ochilishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada kelishuvga erishish uchun hech qanday yechim taklif qilmaslik, faqat populistik bayonotlar bilan chiqish hamkorlikka hissa qo‘shmaydigan omillar sirasiga kiradi.

Armaniston bu kabi provokatsion va Ozarbayjonga qarshi siyosiy hiyla-nayrang fikrlarini bildirish oʻrniga xalqaro majburiyatlarini bajarishi va tinchlik jarayoniga soʻzda emas, amalda hissa qoʻshishi kerak”,-dedi u.

Armaniston Tashqi ishlar vaziri Mirzoyan, Armaniston sifatida “chegaralarni belgilash va chizishni nazarda tutuvchi demarkatsiya jarayoni 1991-yilda imzolangan Olmaota deklaratsiyasi doirasida boʻlishi kerakligini” va bu deklaratsiyaning tinchlik loyihasiga kiritilishini, biroq bu borada Ozarbayjondan ijobiy javob ololmaganliklarini iddao qilgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar