O'zbekiston delegatsiyasi Antaliyadagi Xalqaro etnosport forumida ishtirok etdi

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov Turkiya yoshlar va sport vaziri Osmon Ashkin Bak bilan uchrashdi.

2104096
O'zbekiston delegatsiyasi Antaliyadagi Xalqaro etnosport forumida ishtirok etdi

 

Turkiyaning Antaliya shahrida Xalqaro etnosport konfederatsiyasi tomonidan VI Xalqaro etnosport forumi bo’lib o’tdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov Turkiya yoshlar va sport vaziri Osmon Ashkin Bak bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistondagi sport ob’ektlariga davlat-xususiy sheriklik asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni olib kirish, o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, mahoratli sportchilarni tayyorlash tizimidagi tajribalarni o‘rtoqlashish, sport-ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalar va sohada korrupsiyaga qarshi kurashish tizimidagi o‘ziga xos jihatlar borasida fikr almashildi. 

VI Xalqaro etnosport forumi kecha, 18 fevral kuni o’z nihoyasiga yetdi.



Aloqador xabarlar