Armaniston tomonidan Ozarbayjon mavzelariga qarshi o‘q uzildi

Kecha, 12 - fevral kuni Armaniston tomonidan Ozarbayjon mavzelariga qarshi o‘q uzildi.

2101409
Armaniston tomonidan Ozarbayjon mavzelariga qarshi o‘q uzildi

Armaniston tomonidan o‘q uzilishi oqibatida ozarbayjonlik bir askar tan jarohati oldi.

Ozarbayjon Davlat chegara xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda Zangilon viloyatining Kollukishlak qishlog‘i yo‘nalishidagi Ozarbayjon mavzelariga qarshi Kafan viloyatining Nerkin - And qishlog‘i yo‘nalishidagi Armaniston mavzelaridan o‘q uzilgani ma’lum qilindi.

Voqea natijasida Ozarbayjon Davlat chegara xizmati askarining tan jarohati olgani va uning vertolyot orqali shifoxonaga olib ketilgani qayd etilgan bayonotda, Armaniston tomonidan Ozarbayjon mavzelariga qarshi o‘q uzilishi haqidagi lahzaning kameralar tomonidan qayd etilgani, vaziyatning Ozarbayjon askarlari nazorati ostida ekaniga e’tibor qaratildi.

Unda shuningdek, yuz bergan ig‘vogar tusdagi voqea javobgarchiligi Armaniston harbiylari va siyosiy yetakchiligi zimmasida ekani ifoda etildi.



Aloqador xabarlar