O‘zbekiston Istanbuldagi “EMITT 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

2024 yilning 6-9 fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida “EMITT 2024” 27-Xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

2099764
O‘zbekiston Istanbuldagi “EMITT 2024” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

 

2024 yilning 6-9 fevral kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida “EMITT 2024” 27-Xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Yirik “TUYAP Fair & Congress Center” kongress-ko‘rgazma markazida O‘zbekiston delegasiyasi mamlakat milliy stendini namoyish etmoqda.

Delegasiyaning ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi va “Milliy PR-markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilmoqda. Ko‘rgazma davomida yetakchi xalqaro sayyohlik kompaniyalari tomonidan ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi takliflar taqdim etiladi, barcha soha va segmentlarda turizmni rivojlantirish strategiyasi va dasturlari bo‘yicha tajriba va fikr almashiladi.

Ko‘rgazma davomida delegasiya vakillarining Turkiya va boshqa mamlakatlardagi yirik sayyohlik kompaniya va tashkilotlari bilan "B2B" formatida o‘tkazgan ishbilarmonlik uchrashuvlari O‘zbekiston ishbilarmon doiralari va xorijiy hamkorlar o‘rtasida bevosita aloqalarni o‘rnatish imkonini bermoqda.

Xalqaro ko‘rgazma kunlarida O'zbekiston delegasiyasi yangi sayyohlik mahsulotlarini namoyish etadilar, shuningdek, joriy yil noyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan TXTY-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirok etish yuzasidan mamlakatlar va yirik tashkilotlarning hamkorlarini jalb etish bo‘yicha muzokaralar tashkil etadilar.

Ma’lumot uchun: “EMITT ” har yili Istanbulda o‘tkaziladigan Sharqiy O‘rtayer dengizi mintaqasidagi eng yirik xalqaro turizm va sayohat ko‘rgazmasi hisoblanadi. Dunyodagi eng yirik beshta sayyohlik ko‘rgazmalaridan biri sifatida “EMITT” har yili dunyo bo‘ylab sayyohlik xizmatlari kompaniyalari va yo‘nalishlaridan yangi va qiziqarli sayohat imkoniyatlarini izlayotgan o‘n minglab soha mutaxassislari va sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.

Ko‘rgazma Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, TOBB, Turk Havo Yo‘llari, Istanbul munisipaliteti tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #EMITT 2024 , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar