Ismoilov boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi

Prezident Qasim - Joʻmart Toʻqayev, Konstitutsiyaning 70 - moddasiga muvofiq hukumatning iste’foga chiqishi haqidagi qarorni imzoladi.

2097813
Ismoilov boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi

Qozog‘istonda Alixon Ismoilov boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi.

Qozog‘iston Respublikasi Prezidentligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Prezident Qasim - Joʻmart Toʻqayev, Konstitutsiyaning 70 - moddasiga muvofiq hukumatning iste’foga chiqishi haqidagi qarorni imzoladi.

Shunga ko‘ra, Ismoilov boshchiligidagi hukumat iste’fosi qabul qilindi.

Hukumatda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Roman Sklyar, vaqtinchalik bosh vazirlik vazifasini egalladi.

Hukumatning sobiq a’zolari esa yangisi tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini davom ettiraveradi.

Boshqa tomondan hukumatning iste’foga chiqishi haqida hech qanday ma’lumot berilmas ekan, ertaga Prezident Toʻqayev raisligida hukumatning kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Ismoilov, 2022 - yilning yanvar oyida sodir boʻlgan voqealardan keyin boshlagandi vazifasini va 2023 – yilning 19 – marti kuni majlis saylovi ortidan takror bosh vazir boʻlgandi.

 

 



Aloqador xabarlar