Bayramov YIning Yerevanga harbiy jihatdan bergan yordamlariga e’tibor qaratdi

Bokuga tashrif uyushtirgan Chexiya Respublikasi Vakillar palatasi raisi Marketa Pekarova Adamova bilan uchrashgan Bayramov, Yevropa ittifoqi bilan Yerevan o‘rtasidagi harbiy

2096881
Bayramov YIning Yerevanga harbiy jihatdan bergan yordamlariga e’tibor qaratdi

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramovning qayd etishicha, Yevropa ittifoqi bilan Armaniston oʻrtasida mudofaa sohasida olib borilgan har qanday hamkorlik Janubiy Kavkazdagi tinchlik jarayoniga ziyon bermoqda.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Bokuga tashrif uyushtirgan Chexiya Respublikasi Vakillar palatasi raisi Marketa Pekarova Adamova bilan uchrashgan Bayramov, Yevropa ittifoqi bilan Yerevan o‘rtasidagi harbiy hamkorlikka munosabat bildirdi.

“Ozarbayjon, Yevropa ittifoqi va unga aʼzo davlatlarning ishonchli hamkoridir. Ammo yurtimizga nisbatan tuturiqsiz va adolatsiz munosabati mintaqada barqaror tinchlik o‘rnashiga hissa qo‘shmayapdi”, - degan ifodalarga o‘rin bergan Bayramov, Yevropa ittifoqiga a’zo ba’zi davlatlarning turli nomlar ostida Yerevanga harbiy jihatdan yordam berayotganiga e’tibor qaratdi.

Bayramov shuningdek,

“Armanistonni tinchlik jarayonidan uzoqlashtirgan bu davlatlarning sa’y – harakatlari, Janubiy Kavkazda tinchlik o‘rnatilishiga ziyon beradi”. – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar