Turkiya bilan Ozarbayjon o‘zaro hamkorlikni davom ettiradi

Bayraktar kecha Ozarbayjonga rasmiy tashrif uyushtirdi va shu doirada Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov bilan uchrashdi.

2094253
Turkiya bilan Ozarbayjon o‘zaro hamkorlikni davom ettiradi

Energiya va tabiiy manbalar vaziri Alparslan Bayraktar, Ozarbayjon bilan bo‘lgan konstruktiv tusdagi o‘zaro hamkorlikni ikki qardosh davlat sifatida yana da rivojlantirish uchun energiya sohasida qarorlilik bilan davom etishlarini qayd etdi.

Bayraktar kecha Ozarbayjonga rasmiy tashrif uyushtirdi va shu doirada Iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Ozarbayjon bilan Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy sohalarda, jumladan, energetika sohasida mavjud va kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Bayraktar, Ozarbayjon bilan energetika sohasida «bir millat ikki davlat» tushunchasi bilan tig‘iz aloqada ekanliklari va shu bois ham Energetika vaziri Perviz Shahbazov va Iqtisodiyot vaziri Jabbarov bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazganliklarini bildirdi.

Ozarbayjon bilan neft va tabiiy gaz sohasida olib borilgan faoliyatlarni kengaytirish istagida ekanliklariga e’tibor qaratgan Bayraktar, uchrashuvlar chog‘ida ikki davlatning Yevropaning ta’minot xavfsizligiga birgalikda qo‘shgan hissalari va Naxchivondan Turkiyaga elektr energiyasi eksport qilinishi mavzusini muhokama qilganliklari hamda bu yil Turkiyada bo‘lib o‘tadigan to‘rtinchi Turkiya - Ozarbayjon Energetika forumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini qo‘lga olganliklarini bildirdi.

Bayraktar, Ozarbayjon neftining yillar davomida Boku – Tbilisi - Jayhan liniyasi orqali jahon bozorlariga olib chiqilganini yodga solib:

“Biz ko‘p yillardan beri dunyo neft ta’minoti uchun muhim faoliyatlar yuritdik. Mazkur faoliyatimizni bundan keyin ham davom etamiz. Shu nuqtai nazardan, konstruktiv tusdagi o‘zaro hamkorlikni ikki qardosh davlat sifatida yana da rivojlantirish uchun energiya sohasida qarorlilik bilan davom etamiz”. – dedi.

 

 



Aloqador xabarlar