Aliyev Zangazur yo‘lagining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Ilhom Aliyev mahalliy telekanallarga bergan intervyusida kun tartibini baholadi.

2087322
Aliyev Zangazur yo‘lagining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Ilhom Aliyev, Ozarbayjon g‘arbidagi viloyatlarni Naxchivon muxtor respublikasi bilan bog‘lovchi Zangazur yo‘lagi ochilmagudek bo‘lsa unda Armaniston bilan chegaralarni ochmasliklarini bildirdi.

Ilhom Aliyev mahalliy telekanallarga bergan intervyusida kun tartibini baholadi.

Aliyev Ozarbayjon g‘arbidagi viloyatlarni Naxchivon muxtor respublikasi bilan bog‘lovchi Zangazur yo‘lagi haqida, “Eng munosib tanlov Mehri (Armanistondagi) mintaqasidan o‘tuvchi yo‘ldir. Temir yo‘li ham quruqlik yo‘li ham ana shu yerdan o‘tishi kerak. Ozarbayjondan Ozarbayjonga yo‘l olgan insonlar bilan ularga oid yuklar hech qanday nazoratsiz olib o‘tilishi zarur. Aks holda Armaniston bir umr boshi berk ko‘chada qoladi. Va men aytgan yo‘lak ochilmagudek bo‘lsa unda Armaniston bilan bo‘lgan chegaralarni ochmaymiz”. – deya gapirdi.

“Armaniston tinchlik bitimi uchun kafil davlatlar bo‘lishini xohlayapdi”, - degan Ozarbayjon Prezidenti:

“Biz esa bunga hojat yo‘q degan fikrdamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar