Armaniston Ozarbayjon bilan bo‘lgan munosabatini yaxshilamoqchi

Armaniston Ozarbayjon bilan bo‘lgan munosabatini yaxshilamoqchi. Buning uchun Armaniston Ozarbayjonga tinchlik kelishuviga doir yangi taklif yubordi.

2086240
Armaniston Ozarbayjon bilan bo‘lgan munosabatini yaxshilamoqchi

Armaniston Ozarbayjonga tinchlik kelishuviga doir yangi taklif yubordi.

Armanistonning «Armenpress» rasmiy axborot agentligi xabariga ko‘ra Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Armaniston davlat telekanaliga bergan intervyusida, Armaniston - Ozarbayjon tinchlik kelishuvi jarayoni haqida bayonot berdi.

Armen Grigoryan unda,

“4 - yanvar kuni Armaniston tomoni Ozarbayjonning tinchlik kelishuvi boʻyicha taklifiga javob berdi. Biz ularning taklifiga ikki hafta ichida javob berdik. Endi esa Ozarbayjonning javobini kutyapmiz”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ozarbayjon bilan bo‘lgan tinchlik muzokaralarida natija olinmagan ayrim masalalar borligiga e’tibor qaratgan Grigoryan:

“Umid qilamizki bu masalalar ustidan ham eng qisqa vaqtda ijobiy natija olamiz. Hal qilinmagan boshqa muammolarning o‘zaro fikr almashish va muzokaralar orqali hal qilinishi tinchlik bitimining ham imkon qadar tezroq imzolanishiga yo‘l ochadi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Boshqa jihatdan Grigoryan, ikki davlat o‘rtasidagi chegarani aniqlash ustidan ish olib borayotgan komissiyalarning yanvar oyi oxirida yana uchrashuv o‘tkazishi masalasida kelishib olinganini bildirdi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayxun Bayramov 27 - dekabr kuni bergan bayonotida, Armaniston bilan 2023 -yilda tinchlik muzokaralarida shaxdam qadam tashlanganini ifoda etib, “Yerevan yetakchiligi jiddiy siyosiy iroda ko‘rsatgudek bo‘lsa unda eng qisqa vaqtda tinchlik bitimi imzolanishi mumkin”, - degandi.



Aloqador xabarlar