Ozarbayjon Armaniston bilan sulh tuzishni maqsad qilmoqda

Berliner gazetasiga intervyu bergan Ozarbayjon prezidenti maslahatchisi Xikmat Hojiyev, Armaniston bilan aloqalarda ijobiy o'zgarishlar bo'lganini aytdi.

2084654
Ozarbayjon Armaniston bilan sulh tuzishni maqsad qilmoqda

 

Ozarbayjon prezidenti maslahatchisi Xikmat Hojiyevning aytishicha, Ozarbayjon Armaniston bilan sulh tuzishni maqsad qilgan.

Berliner gazetasiga intervyu bergan Xikmat Hojiyev, Armaniston bilan aloqalarda ijobiy o'zgarishlar bo'lganini aytdi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o'rtasida ikki hafta oldin o'tkazilgan ijobiy muloqotga e'tibor qaratgan Xikmat Hojiyev, bundan oldin ham mahbus almashinuvi muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini eslatdi.

Ikki tomonlama muzokaralar chet el vositachiligisiz o'tganligini ifoda etgan Xikmat Hojiyev, ikki davlat o'rtasida haligacha Zangezur yo'lagi kabi munozarali mavzular mavjudligini, lekin bunga qaramay, ikki tomon ham o'zaro tinchlik o'rnatishni maqsad qilganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Armaniston , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar