O‘zbekiston bilan Turkmaniston munosabatlari jadal rivojlanmoqda

Shavkat Mirziyoyev bilan Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi.

2081848
O‘zbekiston bilan Turkmaniston munosabatlari jadal rivojlanmoqda

Bugun 28 - dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.  

Ushbu ma’lumotga ko‘ra suhbat avvalida O‘zbekiston Prezidenti va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi bir - birini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan dildan qutlab, qardosh xalqlarga tinchlik - osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini bildirganlar.

O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga o‘zining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yo‘llagan.

Qayd etilishicha O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Ilgari erishilgan, shu jumladan parlamentlararo muloqot doirasidagi kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilingan.

Tomonlar barcha ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik sezilarli faollashganini katta mamnuniyat bilan qayd etganlar.

Ifoda etilishicha O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi savdo hajmi oshar ekan, 2023 - yil yakuni bilan tovar ayirboshlash 1 milliard dollardan ortishi kutilmoqda. Poytaxt Toshkent va Ashxobod shaharlarida savdo uylari ochilib, birgalikda “Shovot - Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini barpo etish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport sohalarida ikki mamlakat yetakchi korxonalarining kooperatsiyasi kuchayib, hududlararo aloqalar kengaymoqda.

Qo‘shma madaniy - gumanitar tadbirlar, shu jumladan Madaniyat kunlari va ijodiy jamoalarning safarlari o‘tkazilmoqda.

Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlari yuzasidan ham fikr almashilgan muloqotda, 2024 - yilga mo‘ljallangan uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

 



Aloqador xabarlar