Ozarbayjon 2 askari evaziga 32 arman askarini ozod qildi

Ozarbayjonning Asirga olingan, bedarak yoʻqolgan va garovga olingan fuqarolar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan bayonotda, Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida hibsga olingan harbiylarning almashilgani maʼlum qilindi.

2076457
Ozarbayjon 2 askari evaziga 32 arman askarini ozod qildi

Ozarbayjon 2 askari evaziga 32 arman askarini ozod qildi.

Ozarbayjonning Asirga olingan, bedarak yoʻqolgan va garovga olingan fuqarolar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan bayonotda, Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida hibsga olingan harbiylarning almashilgani maʼlum qilindi.

Armanistonning 32 nafar askari ikki davlat chegarasidagi Gazah hududida, mamlakatning tegishli rasmiylariga taslim qilingani ifoda etilgan bayonotda, Armanistonning ham 2 nafar Ozarbayjon askarini o‘z yurtiga qaytargani bildirildi.

Bayonotda shuningdek;

Ozarbayjon tomonida qo‘lga olingan arman askarlarining sog‘lig‘i Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi tomonidan tekshirilgani, natijada ahvollarining yaxshi ekani tasdiqlangani va o‘z yurtiga qaytish jarayonida ham hech qanday muammoga duch kelmagani qayd etildi.

Ozarbayjonning prezidentlik apparati bilan Armaniston Bosh vazirligi tomonidan 7 - dekabr kuni berilgan qo‘shma bayonotda, Boku va Yerevan o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasida ikki davlatning bir – biri ishonchini mustahkamlash uchun muhim qadamlar tashlashga kelishib olgani qayd etilgandi.

Boku yaxshi niyatining ko‘rsatkichi sifatida 32 nafar arman askarini, Yerevan esa 2 nafar Ozarbayjon askarini qo‘yib yuborish haqida qaror qabul qilgandi.



Aloqador xabarlar