Ozarbayjonda 7-fevral kuni prezidentlik saylovi o'tkaziladi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

2074319
Ozarbayjonda 7-fevral kuni prezidentlik saylovi o'tkaziladi

 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Farmonda bildirilishicha, Ozarbayjon Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Ozarbayjon Respublikasining navbatdan tashqari Prezident saylovi 2024 yil 7 fevralga belgilanishini va Ozarbayjon Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan tartibda o‘tkazilishini ta’minlashi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 2018 yil 5 fevraldagi farmoniga ko‘ra, Ozarbayjonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘sha yilning 11 aprel kuni o‘tkazildi. Unda Ilhom Aliyev saylovchilarning 86,02 foiz ovozini qo‘lga kiritib, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti etib qayta saylandi. Konstitutsiyaga ko‘ra, navbatdagi prezidentlik saylovlari 2025 yilda o‘tkazilishi kerak edi.

Ozarbayjon Konstitutsiyasining 101-moddasi 1-bandiga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida erkin, shaxsiy va yashirin ovoz berish yo‘li bilan 7 yil muddatga saylanadi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti navbatdan tashqari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti saylovini e’lon qilishi mumkin.

62 yashar Ilhom Aliyev 2003 yildan buyon 20 yil davomida prezidentlik kursisini egallab kelmoqda. U 2003, 2008, 2013 va 2018 yillarda o‘tkazilgan prezident saylovlarida g‘alaba qozongani aytiladi. Ungacha – 1993-2003 yillarda mamlakatni Ilhom Aliyevning otasi Haydar Aliyev boshqargan. 


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar