Ozarbayjon Armanistonni tinchlik bitimi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni boshlashga chaqirdi
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Armanistonning Ozarbayjonning tinchlik bitimi loyihasiga doir takliflariga javob berish uchun taxminan 2,5 oy davom etishi jarayonni jiddiy ravishda kechiktirganligi qayd etildi.
Ozarbayjon Armanistonni tinchlik bitimi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri ikki tomonlama muzokaralarni boshlashga chaqirdi.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Armanistonning Ozarbayjonning tinchlik bitimi loyihasiga doir takliflariga javob berish uchun taxminan 2,5 oy davom etishi jarayonni jiddiy ravishda kechiktirganligi qayd etildi.
Bayonotda qayd etilishicha, tinchlik muzokaralaridagi turg‘unlik mintaqada barqarorlik va farovonlikka hissa qo‘shmaydi.
"Ozarbayjon imkon qadar tezroq tinchlik bitimini tuzish uchun Armaniston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri (vositachilarsiz) ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishga tayyor. Biz ikki davlat kelajakdagi munosabatlarini birgalikda hal qilishi kerak, deb hisoblaymiz". Deb Aytildi.
Bayonotda aytilishicha, ikki davlat tinchlik jarayonini davom ettirish, jumladan oʻzaro maqbul joy tanlash yoki chegarada uchrashuv oʻtkazishga qaror qilish uchun javobgardir.
“Biz arman tomonini yangi keraksiz kechikishlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiramiz va ular muzokaralarni imkon qadar tezroq boshlash uchun bu chaqiruvga ijobiy javob berishlariga umid qilamiz”. Aytildi.
Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Ozarbayjonning tinchlik kelishuvi taklifi loyihasiga 2,5 oylik kechikish bilan javob berdi.
Aloqador xabarlar
O‘zbekiston yadro xavfsizligi bo‘yicha xalqaro shartnomalarga qo‘shiladi
O‘zbekiston quyidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishni rejalashtirmoqda.
Ozarbayjon Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi
Ozarbayjon Suriyaga 200 tonna insonparvarlik yordami yubordi.