Hajiyev: Armaniston tinchlik ildizlarini tashqarida izlamasin

Hajiyev Armaniston hukumatini “tinchlik o‘rnatish va jiddiy muvaffaqiyatga erishish uchun mintaqaga e’tibor berib, Ozarbayjon bilan muzokaralarni davom ettirishga” chaqirdi.

2067424
Hajiyev: Armaniston tinchlik ildizlarini tashqarida izlamasin

Ozarbayjon vitse - prezidenti Hikmet Hajiyev Armaniston tinchlik ildizining Vashington, Bryussel va Parijda emas, balki Kavkaz mintaqasida ekanini anglab yetishi kerakligini qayd etdi.

Hajiyev Armaniston hukumatini “tinchlik o‘rnatish va jiddiy muvaffaqiyatga erishish uchun mintaqaga e’tibor berib, Ozarbayjon bilan muzokaralarni davom ettirishga” chaqirdi.

Hajiyev, “Ozarbayjonning niyati yaxshi. Yurtimiz mustaqilligi ta’minlandi, mintaqada adolat va xalqaro huquqqa asoslangan yangi va qonuniy status - kvo o‘rnatildi”. – deya gapirdi.

O‘tgan 2022 - yilning may oyida Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi Armaniston bilan munosabatlarni normallashtirishning besh tamoyilini e’lon qilgandi.

Bular oʻzaro mustaqillikning tan olinishi, oʻzaro hududiy talablar yoʻqligini tasdiqlash, ikki davlatning bir - biriga xavf tug‘dirmasligi borasida javobgarchilikni o‘z zimmasiga olishi, davlat chegaralarini belgilash, diplomatik munosabatlar oʻrnatish va transport - kommunikatsiya kanallarini ochishdan iboratdir.

21 - noyabr kuni Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi Armanistonga, ikki davlatning umumiy chegarasida tinchlik jarayonini muhokama qilishni taklif qildi. Vazirlik vakillarining qayd etishicha, Yerevan, Ozarbayjonning uchrashuv o‘tkazish haqidagi talabiga 2 yarim oydan keyin javob bergan. Buning ustiga vazirlik tomonidan: “Tinchlik muzokaralarida qayd etilgan bunday holatlar mintaqa barqarorligi va farovonligiga xizmat qilmaydi”, — degan so‘zlar bilan ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar