Istanbulda Turkiy tillar axborot agentliklarining alyansi tashkil etildi

Turkiy davlatlar media tuzilmalari rahbarlari o‘rtasida Turkiy tillar axborot agentliklari alyansini tuzish to‘g‘risida deklarasiya imzolandi.

2061643
Istanbulda Turkiy tillar axborot agentliklarining alyansi tashkil etildi

 

Kuni kecha Istanbulda “Mediada birlik va kelajakka qarash” mavzusida tashkil etilgan turkiy tilli davlatlar media sammiti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi bosh direktori Serdar Karagoz, Qirg‘izistonning “Kabar” axborot agentligi direktori Mederbek Shermetaliyev, Qozog‘istonning Qazcontent mediaxolding boshqaruvi raisi Bekzat Jusupov, O‘zbekiston axborot agentligi (O‘zA) bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov, shuningdek, Turkiya Prezidenti ma’muriyatining Aloqa bo‘limi mudiri Fahrettin Altun, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliyev va boshqa oliy martabali mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari o‘zaro axborot almashishda turkiy tilli davlatlar yetakchi media tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini alohida e’tirof etishdi.

Shunga ko‘ra, Alyans turkiy dunyoning mushtarak merosi va madaniyatini asrab-avaylash va ommalashtirishda muhim rol o‘ynashi qayd etildi.

Sammit yakuniga ko‘ra, besh davlat media tuzilmalari rahbarlari o‘rtasida Turkiy tillar axborot agentliklari alyansini tuzish to‘g‘risida deklarasiya imzolandi.



Aloqador xabarlar