O'zbekistonda Turkiya Respublikasining 100 yilligi keng nishonlandi

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning tabrigi qo‘yib eshittirildi.

2058186
O'zbekistonda Turkiya Respublikasining 100 yilligi keng nishonlandi

 

Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligi poytaxt Toshkentda katta tantana bilan nishonlandi.

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari ishtirok etdi. 

Qabul marosimi avvalida ikki davlat madhiyalari yangradi. So‘ng Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning tabrigi qo‘yib eshittirildi. 

Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi O‘lgan Bekor nutq so‘zlab, bu yil Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligini nishonlayotgani bilan birga, Tashqi ishlar vazirligi tashkil etilganining 500 yilligi qutlanayotganini urg‘uladi. 

“Turkiya Respublikasining 100 yilligini va O‘zbekiston Respublikasi mustaqilliginining 32 yilligini nishonlaganimiz bugungi kunlarda ikki tomonlama munosabatlarimiz strategik sheriklik asosida mukammal darajada rivojlanmoqda. Ikki tomonlama aloqalarimizning bu saviyaga erishishida hech shubhasiz, Prezidentlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, ehtirom, ishonch ilg‘or rol o‘ynamoqda”, deydi Turkiya elchisi Olgan Bekar.

U, so‘zida davom etarkan, tarixda hech qachon O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari bugungidek darajada bo‘lmaganini alohida urg‘uladi. 

“Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida har sohada rivojlanayotgan aloqalar faqatgina mamlakatlarimizning emas, balki qo‘shnilarimizning ham tinchlik-barqarorligiga buyuk hissalar qo‘shishiga ishonamiz”, deydi elchi.

Ma’lumot uchun, 1923 yil 29 oktyabrda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyani Respublika deb e’lon qilgan. Shundan so‘ng Turkiya Buyuk Millat Majlisida ovoz berish bo‘lib o‘tib, uning natijalariga ko‘ra Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti etib tayinlangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar