Armaniston joylashtirgan minalar 3 ming 413 kishining umriga zomin bo‘ldi

Hajiyev, Ozarbayjon yerlariga joylashtirgan minalar oqibatida qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot berdi.

2056602
Armaniston joylashtirgan minalar 3 ming 413 kishining umriga zomin bo‘ldi

Ozarbayjon Prezidenti maslahatchisi Hikmet Hajiyev 1991 - yildan buyon 3 ming 413 nafar ozarbayjonlik, Armaniston tomonidan joylashtirilgan minalar qurboni bo‘lganini qayd etdi.

Hajiyev X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Armaniston Ozarbayjon tuproqlarini ishgol qilgan paytda va Ikkinchi Qorabog‘ urushi ortidan Ozarbayjon yerlariga joylashtirgan minalar oqibatida qurbon bo‘lganlar haqida ma’lumot berdi.

Ikkinchi Qorabog‘ urushi tugagan 2020 - yilning 10 – noyabridan beri Armaniston tomonidan joylashtirilgan minalarning portlashi oqibatida ozarbayjonlik 65 kishi hayotdan koʻz yumgani va 269 kishining tan jarohati olganini bildirgan Hajiyev, hayotdan ko‘z yumganlarning 50 nafarining tinch aholi, 15 nafarining harbiy ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Hajiyev shuningdek, 1991 - yildan beri Armaniston tomonidan joylashtirilgan minalar oqibatida ozarbayjonlik 3 ming 413 kishining hayotdan ko‘z yumganini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar