Turkiya bilan Ozarbayjonning “Mustafa Kemal Ataturk 2023” mashqi boshladi

Ozarbayjonda, Turkiya bilan Ozarbayjonning “Mustafa Kemal Ataturk 2023” mashqi boshladi va mazkur mashq 25 - oktabrgacha davom etadi.

2054802
Turkiya bilan Ozarbayjonning “Mustafa Kemal Ataturk 2023” mashqi boshladi

Ozarbayjonda Turkiya va Ozarbayjon qurolli kuchlarining “Mustafa Kemal Ataturk 2023” mushtarak mashqlari boshlandi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Turkiya Respublikasiga asos solinishining 100 - yilligi munosabati bilan uyushtirilgan mashg‘ulot Boku, Naxchivon va ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda boshlangani ma’lum qilindi.

Unda 3 ming nafar xodim, 130 ta tank va zirhli texnika, 100 ga yaqin artilleriya va raketa tizimi bilan 20 ga yaqin samolyot va vertolyot ishtirok etgani qayd etildi.

Mashg‘ulotlarda zamonaviy jangovar usullardan foydalangan holda raketa va artilleriya bo‘linmalari, samolyot va vertolyotlar bilan topshiriqlar bajarilishi, daryolarni kesib o‘tish uchun ponton ko‘priklar barpo etilishi bildirildi.

Turk va Ozarbayjon qo‘shinlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va koordinatsiyani oshirishni maqsad qilgan mashg‘ulot 25 - oktabrgacha davom etadi



Aloqador xabarlar