Xonkendi bilan Qorabog‘da Ozarbayjon bayrog‘i ko‘tarildi

Aliyev, birinchi marotaba prezident bo‘lib saylanishining 20 - yilligi munosabati bilan 19 - sentabr kuni amalga oshirilgan anti – terror amaliyoti orqali Ozarbayjon armiyasi nazoratiga o‘tgan hududlarga tashrif uyushtirdi.

2051076
Xonkendi bilan Qorabog‘da Ozarbayjon bayrog‘i ko‘tarildi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qorabog‘dagi ishg‘olchi rejim tomonidan bir paytlar “poytaxt” sifatida qabul qilingan Xonkendi shahri bilan 1992 - yili 613 nafar tinch aholi qirg‘in qilingan Xo‘jalida Ozarbayjon bayrog‘ini ko‘tardi.

Aliyev, birinchi marotaba prezident bo‘lib saylanishining 20 - yilligi munosabati bilan 19 - sentabr kuni amalga oshirilgan anti – terror amaliyoti orqali Ozarbayjon armiyasi nazoratiga o‘tgan hududlarga tashrif uyushtirdi.

Aliyev unda avvalom bor Serseng toʻgʻon koʻli bilan Ag‘dere shahrida bo‘lib, nomi tilga olingan shaharlarda Ozarbayjon bayrogʻini koʻtardi.

Xonkendi shahrida esa Prezident Aliyev ham Ozarbayjon bayrog‘ini ko‘tardi, ham da nutq so‘zladi.

Mazkur shahar Qorabog‘dagi bosqinchi rejim tomonidan “poytaxt” sifatida qabul qilingandi.

Aliyev, 1992 - yilning 26 - fevralida arman kuchlari tomonidan 613 nafar tinch aholi qirgʻin qilingan Xo‘jalida, ortidan Askeran shahrida bo‘ldi.

Aliyev har ikki viloyatda ham Ozarbayjon bayrog‘ini ko‘tardi.

Prezident Aliyev, Birinchi Qorabogʻ urushidan oldin ozarbayjonliklar yashagan Shushaga qarashli Malibeyli qishlogʻi bilan Xonkendiga qarashli Kerkijaxon shaharchalariga ham bordi.

Ozarbayjon armiyasi 19 - sentabr kuni Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatish uchun anti – terror amaliyoti boshlatgandi.

Qorabog‘dagi noqonuniy arman qurolli kuchlari, taxminan 24 soat davom etgan amaliyot ortidan qurollarini tashladi.

Mintaqada ishg‘ol rejimini o‘rnatgan “tirnoq ichida” Armaniston boshqaruvi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Mazkur rejimning sobiq rahbarlari qo‘lga olinib, poytaxt Bokuga olib ketildi.

Prezident Aliyev, anti – terror amaliyoti ortidan mamlakat mustaqilligi toʻliq taʼminlanganini maʼum qildi.

 



Aloqador xabarlar