Noqonuniy arman qurolli kuchlarining o‘z yurtlariga o‘tishiga ruxsat beildi

Ozarbayjon noqonuniy arman qurolli kuchlarining o‘z yurtlariga o‘tishiga ruxsat berdi.

2041552
Noqonuniy arman qurolli kuchlarining o‘z yurtlariga o‘tishiga ruxsat beildi

Ozarbayjon, Qorabog‘da qurolsizlangan va harbiy xizmatdan bo‘shatilgan Armaniston qurolli kuchlari xodimlarining o‘z yurtlariga o‘tishga ruxsat berilishini ma’lum qildi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, 20 - sentabr kuni erishilgan kelishuvga ko‘ra qurolsizlantirilgan va harbiy xizmatdan bo‘shatilgan Armaniston qurolli kuchlari xodimlarining Ozarbayjonning Qorabog‘ hududidan Xonkendi - Lochin va Kalbajar - Basargecher yoʻnalishlari orqali Armanistonga o‘tishlariga ruxsat berilgani bildirildi.

Bayonotda, ularning avtobuslar va maxsus transport vositalari orqali o‘tilishi ta’kidlandi.

Ozarbayjon armiyasi, 19 - sentabr kuni Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatish uchun anti – terror amaliyotini boshlatgandi.

Qorabog‘dagi noqonuniy arman qurolli kuchlari, taxminan 24 soat davom etgan amaliyot ortidan qurollarini tashlar ekan, mintaqadagi Armaniston yetakchiligi ekani iddio etilgan guruh, qurolli kuchlarini tarqatib yubordi.

 



Aloqador xabarlar