Qorabogʻdagi anti – terror amaliyoti toʻxtatildi

Hajiyev, Qorabogʻdagi anti – terror amaliyot haqida bayonot berdi.

2040111
Qorabogʻdagi anti – terror amaliyoti toʻxtatildi

Ozarbayjon vitse - prezidenti Hikmet Hajiyev Qorabogʻda terrorizmga qarshi kurash doirasida qonuniy nishonlarga zarba berilganini ma’lum qildi.

Hajiyev, Qorabogʻdagi anti – terror amaliyot haqida bayonot berdi.

Ozarbayjon kun tartibining Qorabogʻdagi armanlarning integratsiyalashuvini tinchlik ichida ta’minlash ekanini bildirgan Hajiyev:

“Mintaqadagi aholi xavfsizligi uchun kerakli choralar ko‘rildi”. - dedi.

Hajiyev, yaqin kunlarda mintaqada tinchlik va barqarorlik oʻrnatishdan umidvor ekanliklarini ta’kidlab, Ozarbayjon hech qachon tinch aholiga hujum qilmaganiga e’tibor qaratdi.

Eslatib oʻtamiz:

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabogʻdagi arman guruhlari qurol tashlagani, Ozarbayjon armiyasining anti – terror amaliyotlari toʻxtatilganini ma’lum qilgandi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Qorabogʻdagi arman aholisi vakillari Rossiya Tinchlikparvar kuchlari murojaatini inobatga olib, anti – terror amaliyotlarini toʻxtatish borasida kelishib olingani qayd etilgandi.

Bayonotda, kelishuvga doir quyidagi moddalarga oʻrin berilgan:

- Ozarbayjonning Qorabog‘ hududidagi Armaniston Qurolli kuchlari bilan noqonuniy arman qurolli guruhlari qurol tashlamoqda. Urush mavzelari va istehkomlarini tark etib, butunlay qurolsizlashtirilmoqda. Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjon hududidan chiqib ketmoqda, noqonuniy arman qurolli guruhlari tarqatilmoqda.

- Shu bilan birga barcha qurol - yarogʻlar, oʻq - dorilar va ogʻir transport vositalari topshirilmoqda.

- Yuqorida qayd etilgan jarayonlar Rossiya Tinchlikparvar kuchlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi ta’minlanmoqda.

Ozarbayjon Prezidentlik apparati tomonidan berilgan bayonotda esa, ertaga Yevla shahrida Qorabogʻdagi arman aholisi vakillari bilan takror integratsiya masalalarini muzokara qilish uchun yigʻilish oʻtkazilishi ifoda etilgandi.

 



Aloqador xabarlar