Qorabog‘da 6 kishi shahid bo‘ldi va ulardan 4 nafari politsiya xodimi

Noqonuniy arman kuchlari tomonidan Qorabog‘da 6 kishi shahid qilindi va ulardan 4 nafari politsiya xodimi.

2039345
Qorabog‘da 6 kishi shahid bo‘ldi va ulardan 4 nafari politsiya xodimi

Qorabog‘da noqonuniy arman kuchlari tomonidan joylashtirilgan minaning portlashi oqibatida ozarbayjonlik 4 nafar politsiya xodimi shahid bo‘ldi.

Ozarbayjon Bosh prokuraturasi, Ichki Ishlar vazirligi va Davlat Xavfsizlik xizmati tomonidan berilgan qo‘shma bayonotda Xo‘javent viloyatining Ahmetbeyli – Fuzuli – Shusha quruqlik yo‘lida Ozarbayjon avtomobil yo‘llari davlat agentligiga (Azerotoyol) oid yuk tashuvchi mashinaning mina ustidan o‘tgani ma’lum qilindi.

Oqibatida sodir bo‘lgan portlashda 2 kishining hayotdan ko‘z yumgani va voqea joyiga borgan politsiya mashinasining ham boshqa mina ustidan o‘tgani bildirildi.

Bayonotda, noqonuniy arman kuchlari tomonidan joylashtirilgan minaning portlatilishi oqibatida ozarbayjonlik jami 4 nafar politsiya xodimining shahid bo‘lgani va terror harakati sifatida qayd etilgan mazkur voqea ustidan tergov ishlari boshlatilgani xabar qilindi.

Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati, Qorabog‘dagi noqonuniy arman kuchlari tomonidan o‘rnatilgan minaning portlashi oqibatida Azerotoyol xodimlaridan 2 kishining hayotdan ko‘z yumganini bayon etgandi.



Aloqador xabarlar