Qorabog‘da arman guruhlar tinch aholi samolyotlarini nishonga olmoqda

Ozarbayjon tuproqlarida terrorchilik ishlarini amalga oshirayotgan noqonuniy arman qurolli kuchlarining harbiy faoliyati davom etmoqda.

2028018
Qorabog‘da arman guruhlar tinch aholi samolyotlarini nishonga olmoqda

Qorabog‘dagi noqonuniy arman qurolli guruhlari harbiy bo‘lmagan samolyotlarni nishonga olmoqda.

Ozarbayjon tuproqlarida terrorchilik ishlarini amalga oshirayotgan noqonuniy arman qurolli kuchlarining harbiy faoliyati davom etmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, oxirgi vaqtlarda nomi tilga olingan guruhlarning harbiy bo‘lmagan samolyotlarni nishonga olganini bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu terrorchi guruhlar Ozarbayjon havo hududidan foydalanayotgan harbiy bo‘lmagan samolyotlarining GPS tizimlariga qarshi radiofrekansga toʻsqinlik qiluvchi moslamadan foydalangan.

Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, voqea haqida Rossiya qo‘mondonligi xabardor qilinganiga qaramay, hech qanday chora ko‘rmagan.

Harbiy bo‘lmagan aviatsiya xavfsizligiga radiofrekansga to‘sqinlik qilish orqali aralashish, qabul qilinishi imkonsiz darajada noto‘g‘ri ekani ta’kidlangan bayonotda, bu harakatning xalqaro harbiy bo‘lmagan yoki fuqaro aviatsiyasi qoidalariga zid ekani yodga solindi.

Boshqa tomondan, Ozarbayjondagi mahalliy matbuot va ijtimoiy tarmoq hisoblarida Hindistondan Eron orqali Armanistonga tashilgan harbiy transportlarning videolari tarqatildi.

Tasvirlarda yuk tashuvchi mashinalarida zirhli transport vositalarining tashilishi e’tiborlarni o‘ziga jalb etdi.

 

 



Aloqador xabarlar