Turkmaniston Transkaspiy quvur loyihasi hamkorligiga tayyor

Meredov, Turkmaniston poytaxti Ashxobodda “Kaspiy Dengizi kuni” munosabati bilan uyushtirilgan, “Kaspiy dengizi - tinchlik va do‘stlik dengizidir”, - forumida nutq so‘zladi.

2023804
Turkmaniston Transkaspiy quvur loyihasi hamkorligiga tayyor

Turkmaniston Tashqi Ishlar vaziri Rashid Meredovning qayd etishicha, Turkmaniston yevropalik hamkorlar bilan Transkaspiy quvuri loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyor.

Turkmaniston Tashqi Ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra Meredov, Turkmaniston poytaxti Ashxobodda “Kaspiy Dengizi kuni” munosabati bilan uyushtirilgan, “Kaspiy dengizi - tinchlik va do‘stlik dengizidir”, - forumida nutq so‘zlagan.

“Kaspiy Dengizi kuni” xalqaro tadbirlar taqvimiga asosan Turkmanistonning sa’y-harakatlari tufayli kiritilganini ifoda etgan Meredov:

“Yurtimiz Kaspiy kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha hamkorlar bilan muloqot qilishga har doim tayyor. Turli fikr va konstruktiv takliflarni muhokama qilish uchun ochiqdir”. - dedi.

Meredov, Turkmanistonga Kaspiy sohillari orqali qo‘shni bo‘lgan va mintaqadan tashqaridagi davlatlar bilan ham iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanliklarini bildirdi.

Energetika sohasida diversifikatsiya strategiyasiga sodiq bo‘lgan Turkmanistonning Transkaspiy quvur liniyasi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yevropalik sheriklari bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanligini bildirgan Meredov, bu nafaqat iqtisodiy va tijorat jihatdan balki buni, manfaatlarni teng hisobga olishga asoslangan global energiya xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashning asosiy sharti sifatida ko‘rish mumkinligini ta’kidladi.

 

 



Aloqador xabarlar