Mirziyoyev bilan Putin o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin, telefon orqali muloqot qildi.

2022557
Mirziyoyev bilan Putin o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan 9-avgust kuni o‘tkazilgan telefon orqali muloqotida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va faol gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat yetakchilari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqib, yaqin muddatlarda qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini, O‘zbekiston-Rossiya hududlar, ta’lim va media forumlarini o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.



Aloqador xabarlar