Shushada Turk Davlatlari Kasaba uyushmalari tashkiloti tuzildi

Qorabog‘ning ramziy shahri Shushada, TDTga a’zo mamlakatlar kasaba uyushmalari federatsiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2018217
Shushada Turk Davlatlari Kasaba uyushmalari tashkiloti tuzildi

Turk Davlatlari Tashkiloti TDT tarkibidagi davlatlarning kasaba uyushmalari federatsiyalari tomonidan, “Turk Davlatlari Kasaba uyushmalari tashkiloti” tuzildi.

Qorabog‘ning ramziy shahri Shushada, TDTga a’zo mamlakatlar kasaba uyushmalari federatsiyalari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjon Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi raisi Settar Mehbaliyev mezbonligida uyushtirilgan yig‘ilishda Turkiya Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (TÜRK-İŞ) raisi Ergun Atalay, Qozog‘iston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Satibaldi Dauletalin, Qirg‘iziston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari O‘mor Arstanbekov va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Maxmadaliyev ishtirok etdi.

Maxmadaliyev bu yerda so‘zlagan nutqida, TDT a’zolarining kasaba uyushmalari federatsiyalarining Shushada to‘planishining ramziy ma’nosi borligini qayd etib, Shushaning ayni vaqtda “2023-yil Turk dunyosining madaniyat poytaxti” ekanligiga e’tibor qaratdi.

Qardosh davlatlarning barcha institutlari hamjihatlikda harakat qilishlari kerakligini ta’kidlagan Maxmadaliyev, TDTga a’zo davlatlarining kasaba uyushmalari federatsiyalari ham kuchlarini birlashtirishi zarurligini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Turkiya Kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (TÜRK-İŞ) raisi Ergun Atalay ham, qardosh o‘lkalarning birdamlikda bo‘lishi va inqirozga qarshi mushtarak bir pozitsiya ko‘rsatishi muhim ekanini ifoda etdi.

Atalay, “Bir irqdan, bir tildan, bir dindan, mushtarak madaniyatdan bo‘lishimiz birligimizning asosini tashkil etadi. Kasaba uyushmalari darajasida ham aloqalarimizni yaxshilash va ishchilar huquqlarini himoya qilish uchun faoliyatlarimizni birlashtirish asosiy burchimizdir”.-deya gapirdi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rasmiylari ham so‘zlarida TDTga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yanada rivojlantirilishi va kasaba uyushmalari sifatida bu jarayonga qo‘shiladigan hissalarga to‘xtaldi.

Yig‘ilish yakunida “Turk Davlatlari Kasaba uyushmalari tashkiloti”ga asos solinishi ustidan tuzilgan kelishuv imzolandi.

 

 



Aloqador xabarlar