Armaniston ishgʻolidan qutqarilgan Sarijali qishlogʻidan ommaviy qabr topildi

Agʻdam viloyatida olib borilgan minalardan tozalash ishlari davomida 4 kishining jasadi va harbiy transport vositasining qismlariga duch kelindi.

2002688
Armaniston ishgʻolidan qutqarilgan Sarijali qishlogʻidan ommaviy qabr topildi

Ozarbayjonning Armaniston ishgʻolidan qutqarilgan Agʻdam viloyatining Sarijali qishlogʻidan ommaviy qabr topildi.

Mintaqada olib borilgan minalardan tozalash ishlari davomida 4 kishining jasadi va harbiy transport vositasining qismlariga duch kelindi.

U kishilarning Birinchi Qorabogʻ urushida halok bo‘lgan ozarbayjonlik askarlar yoki harbiy boʻlmagan Ozarbayjon fuqarolariga tegishli boʻlishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Ozarbayjonning Asirga olingan, bedarak yo‘qolgan va garovga olingan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan davlat komissiyasi jasadlarning kimlarga oid ekanini aniqlash va yangi qoldiqlarni topish ustidan ish boshlatdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra 1990-yillar boshida qayd etilgan Birinchi Qorabogʻ urushida ozarbayjonlik 3890 nafar ozarbayjonlik askar bilan tinch aholi halok boʻlgandi.

Ozarbayjon, Armaniston bilan boʻlgan muzokaralarda har doim bedarak yo‘qolganlar masalasini kun tartibiga olib chiqib, bu shaxslar taqdiriga oydinlik kiritilishini talab qilmoqda.

Ishgʻoldan qutqarilgan hududlarda bugungacha ham 7 ta ommaviy qabr topilgandi.



Aloqador xabarlar