Ozarbayjon Milliy majlisi Turk sarmoya jamgʻarmasini ma’qulladi

Turk sarmoya jamgʻarmasi TDT tarkibidagi davlatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi.

1993162
Ozarbayjon Milliy majlisi Turk sarmoya jamgʻarmasini ma’qulladi

Ozarbayjon Milliy majlisi Turk sarmoya jamgʻarmasini tashkil etish haqidagi kelishuvni tasdiqladi.

Asoschilari Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston boʻlgan jamgʻarmaning tashkil etilishi haqidagi loyiha Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan tasdiqlanishi ortidan kuchga kiradi.

Sarmoyasi birinchi bosqichda 500 million dollardan iborat boʻluvchi jamgʻarma Istanbuldan boshqariladi.  

Jamgʻarma Turk Davlatlari tashkiloti tarkibidagi davlatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi.



Aloqador xabarlar