Shavkat Mirziyoyev Erdo'g'anni saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog‘anni bugun bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutladi.

1992093
Shavkat Mirziyoyev Erdo'g'anni saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni telefon orqali muloqotda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog‘anni bugun bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutladi.

Saylovning ikkinchi turida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlayotganining ishonchli ifodasi ekani qayd etildi.

Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Oliy darajadagi Kengashning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash maqsadida barcha darajalarda faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar