Mustafo Shento’p, Turkpa Bosh Assambleyasini ochdi

Turk dunyosi ko'priklarni ko'paytirishi, bir-biriga yaqinlashib, hamkorlik qilishi kerakligini bildirdi. Poytaxt Anqarada Turk Davlatlar ParlamentAssambleyasining (TÜRKPA) 12-Bosh assambleyasi boshlandi.

1980783
Mustafo Shento’p, Turkpa Bosh Assambleyasini ochdi

 

 

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafo Shento’p, Turk dunyosi ko'priklarni ko'paytirishi, bir-biriga yaqinlashib, hamkorlik qilishi kerakligini bildirdi. Poytaxt Anqarada Turk Davlatlar ParlamentAssambleyasining (TÜRKPA) 12-Bosh assambleyasi boshlandi.

TURKPA davr raisligini o’z zimmasiga olgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisi Shento’p Bosh Assambleyaning ochilish nutqini so’zladi.

TURKPAning 15 yilligi bu yil nishonlanishini eslatgan Shento’p, TURKPA a'zolarini qon rishtalari, madaniyat, til va tarixiy mas'uliyat birlashtirganini ta'kidladi.

Shentop, “Bizga tushadigan eng katta vazifa Turk dunyosi ko’priklarini oshirish, bir-birlariga yaqinlashish va hamkorlik qilishdir” dedi.

Shentop, dunyo bo'ylab oziq-ovqat, suv va boshqa ehtiyojlarni qondirishda katta qiyinchiliklar bo'lishi kutilayotganini aytdi.

“Bu holat global va mintaqaviy muvozanatni oʻzgartirishi, shuningdek, beqarorlik, urushlar va aholining koʻp harakatlanishiga olib kelishi mumkin.

  “Birlik – kuch” deganiday, yuzaga keladigan muammolarga jamoaviy javob bera oladigan darajada kuchli bo‘lamiz.

Agar biz kuchlarni birlashtirib, transchegaraviy inqirozlarni nazorat ostiga olsak, biz haqiqatan ham 21-asrda o‘z izimizni qoldiramiz”.



Aloqador xabarlar