Ozarbayjon Armanistonda Turk va Ozarbayjon bayroqlarining yoqilishini keskin qoraladi

Ozarbayjon, Armanistondagi bir tadbirda Turk va Ozarbayjon bayroqlarining yoqilishini keskin qoraladi.

1978584
Ozarbayjon Armanistonda Turk va Ozarbayjon bayroqlarining yoqilishini keskin qoraladi

Ozarbayjon, Armanistonda Turk va Ozarbayjon bayroqlarining yoqilishini keskin qoraladi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Ayhan Hajizade Twitter sahifasi orqali, Yerevandagi Ozodlik maydonida 1915-yil voqealari munosabati bilan uyushtirilgan namoyishda Turk va Ozarbayjon bayroqlarining yoqilishiga munosabat bildirdi.

Bayroqlar ataylab, rejalashtirilgan holda yoqilganiga e’tibor qaratgan Hajizade, “Buni keskin qoralaymiz. Armaniston hukumati va Bosh vazir Nikol Pashinyan bu kabi nafrat jinoyatlari va chet el dushmanligining oldini olish uchun tezlik bilan chora ko‘rishi kerak”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar