Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga chuqur hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev bilan Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi.

1975430
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga chuqur hamdardlik bildirdi

Kecha 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Shavkat Mirziyoyev avvalom bor Gurbanguli Berdimuhamedovga og‘ir judolik - onasi Ogulabat edje Berdimuhamedova olamdan o‘tgani munosabati bilan chuqur hamdardlik va taskin-tasalli so‘zlarini izhor etib, unga va barcha yaqinlariga sabr-toqat va bardosh tiladi.

Suhbatda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi. Yil boshidan buyon o‘tgan ikki tomonlama muloqotlar – Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, siyosiy maslahatlashuvlar, transport va madaniyat vazirlarining uchrashuvlari, diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan boshqa tadbirlarning samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy, energetika va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha faol almashinuvlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Telefon muloqoti yakunida yetakchilar bir-birini va qardosh mamlakatlar xalqini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan dildan qutladilar.

 



Aloqador xabarlar