Mirziyoyev «Togg»ni Turkiya va Turk dunyosining muvaffaqiyati sifatida qayd etdi

Prezident Erdo‘g‘an bilan Shavkat Mirziyoyev elefon orqali muloqot qildi.

1974140
Mirziyoyev «Togg»ni Turkiya va Turk dunyosining muvaffaqiyati sifatida qayd etdi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra muloqot chog‘ida, Turkiya-O‘zbekiston munosabatlari qo‘lga olindi.

Prezident Erdo‘g‘an muloqot chog‘ida «Togg» avtomobilini mamnuniyat bilan qabul qilgan O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyevga omad tiladi.

Turk dunyosi sifatida birdamlik va hamjihatlikda bundan ham yuqori nuqtalarga erishishlariga ishonchi komil ekanini bildirgan Erdo‘g‘an, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi kuchli hamkorlik, bu tushunchaning asosiy ustunlaridan biri ekanini ifoda etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Mirziyoyev esa Prezident Erdo‘g‘anga «Togg» sovg‘asi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an rahbarligida Turkiyaning har sohada bo‘lgani kabi sanoat sohasida ham erishgan yutuqlari bebaxo ekanini ta’kidlagan Mirziyoyev, «Togg»ning Turkiya va Turk dunyosining muvaffaqiyati sifatida qayd etilishini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar