Ozarbayjonda deputat Fozil Mustafoga suiqast sodir etildi
Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi bayonot berdi.
1966573

Ozarbayjonda Buyuk Ozodlik partiyasi raisi va deputat Fozil Mustafoga suiqast sodir etildi.
Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi bayonot berdi.
Bayonotga ko’ra, deputat Fozil Mustafoga Bakuning Sabunchu tumanidagi uyi oldida noma'lum shaxslar tomonidan hujum sodir qilingan.
Voqea yuzasidan tergov boshlangan.
Ozarbayjon Tibbiyot hududiy birliklari boshqaruvi uyushmasi tomonidan berilgan bayonotda, shifoxonaga olib borilgan deputatning vaziyati yaxshi ekani qayd etildi.