Turkmanistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 26-mart kuni Turkmanistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda.

1965150
Turkmanistonda parlament saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Turkmanistonda saylov uchun tashkil etilgan 2644 ta saylov uchastkasi mahalliy vaqt bilan soat 07:00da ochildi.

Turkmaniston Markaziy saylov va Referendumlar kengashi tomonidan ro‘yhatga olingan 3 million 496 ming 475 saylovchi, Turkmaniston majlisida 5 yil xizmat qiluvchi deputatlar bilan Xalq maslahati va mahalliy hokimiyat organlari a’zolarini saylash uchun ovoz bermoqda.

Ushbu saylovda Turkmaniston Demokratik partiyasi, Turkmaniston Sanoatchilar va tadbirkorlar partiyasi va Turkmaniston qishloq xo‘jaligi partiyasi bilan nodavlat insiyatif guruhlari nomzodlari kuch sinashmoqda.

Parlament saylovlarida 3 ta siyosiy partiyadan jami 175 nomzod va nodavlat insiyatif guruhlarning 83 nafar mustaqil nomzodi jami 258 nomzod majlisdagi 125 o‘rin uchun kurashmoqda.

Saylovda 2855 nafar mahalliy va 80 nafarga yaqin xalqaro tashkilot vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etmoqda.

Shuningdek, saylovda 18 yoshidan o‘tgan 75 ming 606 nafar saylovchi ilk bor ovoz bermoqda.



Aloqador xabarlar