Mirziyoyev bilan Putin iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bilan Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi.

1955688
Mirziyoyev bilan Putin iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi

6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra unda, ikki tomonlama munosabatlar kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashilgan.

Tovar ayirboshlashning o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlash, ikki mamlakatning yetakchi kompaniya va korxonalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.

Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Davlat rahbarlari mintaqaviy sheriklik masalalarini ham ko‘rib chiqqanlar.



Aloqador xabarlar