Ilhom Aliyev Qoʻshilmaslik harakati sammitida nutq soʻzladi

Bugun, 2 mart kuni Baku shahrida Qo‘shilmaslik harakatining COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha Aloqa guruhi sammiti o‘z ishini boshladi.

1953883
Ilhom Aliyev Qoʻshilmaslik harakati sammitida nutq soʻzladi
aliyev baglantisizlar hareketi1.jpg
aliyev baglantisizlar hareketi.jpg

 

Bugun, 2 mart kuni Baku shahrida Qo‘shilmaslik harakatining COVID-19 ga qarshi kurash bo‘yicha Aloqa guruhi sammiti o‘z ishini boshladi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tayotgan sammitda 160 ga yaqin davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashmoqda.

Aliyev Qoʻshilmaslik harakati sammitida nutq soʻzladi.

Qo'shilmaslik harakati sifatida adolat va xalqaro huquqni himoya qilganligini qayd etgan Aliyev, epidemiya davrida ba'zi boy davlatlarning "vaksina millatchiligi" Kovid-19ga qarshi kurashda jiddiy to'siqlar tug'dirayotganini bildirdi.

Xalqaro huquqdagi muammolar va korruptsiya haqida gapirgan Aliyev, suverenitet va hududiy yaxlitlikni buzish, davlatlarning ichki ishlariga aralashish kuchayganini ta'kidladi.

Prezident shuningdek, dunyoda neokolonializm tendentsiyasi kuchayganiga e'tibor qaratdi.

"Qo'shilmaslik harakati har doim Komor orollarining Fransiya mustamlakachiligi ostida bo'lgan Mayotte orolidagi so'zsiz suverenitetini qattiq qo'llab-quvvatlagan. Biz Fransiya hukumatini Yangi Kaledoniya va Fransiyaning xorijdagi jamoalari va hududlaridagi boshqa xalqlarning huquqlarini hurmat qilishga chaqiramiz. Fransiya Yevropadan tashqarida nazorat qiladigan yerlar Fransiya mustamlaka imperiyasining dahshatli qoldiqlaridir. Biz Fransiyani o'zining mustamlakachilik o'tmishi, qonli mustamlakachilik jinoyatlari va Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa joylarda qo'shilmaslik harakati davlatlariga qarshi genotsid harakatlari uchun kechirim so'rashga va javobgarlikni bo'yniga olishga chaqiramiz" deydi Ilhom Aliyev.

"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida (BMGK) islohotlar qilinishi kerakligini ta'kidlagan Aliyev, "BMT ning doimiy a'zolari soni ko'proq davlatni o'z ichiga olishi uchun kengaytirilishi va geografik jihatdan yanada adolatli bo'lishi kerak. Qo'shilmaslik Harakatiga doimiy o'rin berilishi kerak va bu o'ringa muddatli prezidentlik lavozimini egallagan mamlakat ega bo'lishi kerak",- deb qo'shimcha qilgan Ozarbayjon prezidenti.

Anjumanda Aliyevdan tashqari Turkmaniston, Oʻzbekiston, Iroq va Liviya prezidentlari, Bosniya va Gertsegovina Prezidentlik kengashi raisi, Kuba, Gabon va Tanzaniya prezidentlarining oʻrinbosarlari, Jazoir va Keniya bosh vazirlari ishtirok etdi.

Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi Prezidenti Chabu Kyoryoshi, Jahon sayyohlik tashkiloti Bosh kotibi Zurab Pololikashvili, Xalqaro migratsiya tashkiloti Bosh direktori Antonio Vitorino, BMT Jeneva bo‘limi bosh direktori Tatyana Valovaya va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Xusrav Noziri ham ishtirok etdi.



Aloqador xabarlar