Ozarbayjon o‘z fuqarolarini Eronga bormaslikka chaqirdi

Erondagi vaziyat va Ozarbayjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilganini inobatga olib, Ozarbayjon o‘z fuqarolariga zarur bo‘lmagan taqdirda Eronga bormaslikni, boruvchilarga esa o‘ta ehtiyot bo‘lishni tavsiya qildi.

1940786

Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati xabar berdi.

"Eron Islom Respublikasidagi beqaror vaziyat va mamlakatimiz diplomatik vakolatxonasida sodir etilgan terrorchilik harakatini inobatga olib, Ozarbayjon Respublikasi o‘z fuqarolariga Eronga kerak bo‘lmagan hollarda tashrif buyurmaslik, tashrif buyuruvchilarga esa nihoyatda ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi. Hozirda Eron Islom Respublikasida bo‘lgan Ozarbayjon Respublikasi fuqarolariga xavfsizlik qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi", — deyiladi TIV xabarida.

Eslatma: Joriy yilning 27 yanvar kuni soat 08:30 da Tehronda Ozarbayjon elchixonasiga qurolli hujum uyushtirildi. Hujumni sodir qilgan shaxs Kalashnikov avtomati bilan qurollangan. Hodisa oqibatida xavfsizlik xizmati boshlig‘i halok bo‘ldi, uning ikki hamkasbi yaralandi. Eron politsiyasi Ozarbayjon diplomatik vakolatxonasiga uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchining hibsga olingani haqida xabar berdi. 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev elchixonaga uyushtirilgan qurolli hujumni qoralab, uni terrorchilik harakati deb baholadi.

Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Eron

Aloqador xabarlar