Eron-Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari, elchixonaga uyushtirilgan hujumni ko’rib chiqdi

Eron Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotiga ko'ra, Abdullahiyan va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujum haqida telefonda gaplashgan.

1938980
Eron-Ozarbayjon tashqi ishlar vazirlari, elchixonaga uyushtirilgan hujumni ko’rib  chiqdi

 

Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyon, Ozarbayjonning Tehron elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumning ikki davlat munosabatlariga ta'sir qilmasligi kerakligini ta'kidlab, hujumning  jihatlari  Eron va Ozarbayjon xavfsizlik xodimlarining  hamkorligida ko'rib chiqishni taklif qildi.

Eron Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotiga ko'ra, Abdullahiyan va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujum haqida telefonda gaplashgan.

Uchrashuvda Abdullahiyon, bir elchixona xodimining halok bo‘lganini  va yana ikki nafar xodimning jarohatlanishiga sabab bo‘lgan hujumni qoralab, marhumning oilasi va ozarbayjonlik hamkasbiga hamdardlik  bildirdi.

Voqeaning "ikki davlat dushmanlari tomonidan suiiste’mol qilinishi mumkinligiga" diqqat qaratgan Abdullahiyan, "hujumning Eron va Ozarbayjon o'rtasidagi munosabatlarga salbiy ta'sir ko'rsatishiga yo'l qo'yilmasligi kerak" deb ifoda etgan.

 

Abdullahiyan, hujumning turli tomonlarini yoritish uchun ikki davlat xavfsizlik muassasalarining yaqin hamkorlikda mavzuni tekshirishlarini taklif qildi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Bayramov Eronlik hamkasbining voqeaning  har  tomonini aniqlashtirish maqsadida ikki davlat xavfsizlik va sud muassasalari oʻrtasida hamkorlik va muvofiqlashtirish taklifini olqishladi.

Kecha ertalab Ozarbayjonning Tehron elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumda elchixonaning xavfsizlik boshlig‘i halok bo‘lgan, ikki nafar qo‘riqchi  ham yaralangani xabar qilingan edi.

Tehron politsiyasi boshlig‘i Husayn Rahimiy voqeadan so‘ng hujumchi qo‘lga olinganini  va dastlabki tergovlarga ko‘ra hujum “shaxsiy va oilaviy muammolar tufayli” amalga oshirilganini ma’lum qildi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ham hujumni qoralab, Tehron elchixonasi evakuatsiya qilinishini ma’lum qildi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar