O‘zbekiston o‘rta yo‘lak orqali Yevropaga yuk yetkazib berishni boshladi

Konteyner poyezdi «O‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya-Bolgariya/Yevropa» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi.

1921082
O‘zbekiston o‘rta yo‘lak orqali Yevropaga yuk yetkazib berishni boshladi

“OGMK” AJ yuklaridan iborat birinchi konteyner blokli poyezd Bolgariyaning Burgas bandargohiga jo‘nab ketdi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ maʼlumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, mazkur yuk poyezdi mis konsentrati ortilgan 46 vagon va 91 dona 20 futlik konteynerdan iborat. Mis konsentrati bo‘lgan birinchi poyezd umumiy masofasi 4000 km.dan ortiq bo‘lgan yo‘nalishni qamrab oladi.

Konteyner poyezdi «O‘zbekiston-Turkmaniston-Ozarbayjon-Gruziya-Bolgariya/Yevropa» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi.

Ushbu poyezd harakatlanishi xorijiy hamkorlar - Turkmanistonning “TLST”, Ozarbayjonning «ADY Container LLC» va Gruziyaning «GR Logistics and Terminals» kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etildi.



Aloqador xabarlar