"Turkiya-Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston" yangi temir yo‘l yo‘nalishi ishga tushdi

Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalida "Turkiya-Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston" yangi temir yo‘l yo‘nalishining ochilishiga bag‘ishlab tadbir tashkil qilindi.

1914718
"Turkiya-Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston" yangi temir yo‘l yo‘nalishi ishga tushdi

 

Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalida "Turkiya-Eron-Turkmaniston-O‘zbekiston" yangi temir yo‘l yo‘nalishining ochilishiga bag‘ishlab tadbir tashkil qilindi. 

Tadbirda dastlab Turkiyadan O‘zbekistonga qarab yo‘lga chiqqan birinchi yuk poyezdini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati Turkiya tomoni bilan hamkorlikda "Gumruh" stansiyasidan Toshkent shahriga yuklarni tashish yo‘nalishini ishlab chiqdi. Jumladan, 40 ta vagondan iborat poyezd Turkiya, Eron, Turkmaniston bo‘ylab harakatlanib bugun O‘zbekistonga yetib keldi.

Umumiy uzunligi 4500 km.dan ortiq bo‘lgan ushbu yo‘nalish O‘zbekiston yuklarini xalqaro bozorlarga tashish uchun qo‘shimcha imkoniyat hisoblanadi.

Ushbu ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlar mintaqadagi mavjud transport-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilmasidan samarali foydalanish imkonini berib, tashqi savdo yuklarini asosiy jahon va mintaqaviy bozorlarga tashish uchun vaqt va moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi.

Marosimda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi X.Xasilov, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Turkiya temir yo‘llari vakillari, shuningdek, yangi temir yo‘l yo‘nalishining ochilishida ilk bor vagonlarda yukini olib kelgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar